Galaxy A
Buying Tool
Trade-in
Choose Between
Tariff Options
Samsung Upgrade Program
Purchase Option
Samsung Care+
Please select Samsung Care+ or no coverage
Trade-in, Samsung Care+, Tariff, Offer are not compatible with Rental option.
Samsung
Finance+ EMI
Offer
Offer
Reached maximum order quantity for this product.
Ko'p beriladigan savollar
Click to Expand-
A. Galaxy A57 5G “Obyektlarni o‘chirish”, “Tahrir taklifi”, “Best Face”, “Transkripsiya yordami” kabi intellektual funksiyalar yordamida kuningizni osonlashtiradi. Optimallashtirilgan kameralar kundalik hayotning yorqin lahzalarini muhrlaydi: 12 MP old kamera to‘yingan videolar uchun Super HDR formatini qo‘llab-quvvatlaydi, asosiy kamera esa yaxshilangan Tungi Video Rejimiga ega bo‘lib, portret suratlarini yanada ifodalaydi. Galaxy A57 5G IP68 standarti bo‘yicha himoyasi tufayli yuqori mustahkamlikka ega. Fayllaringiz EAL5+ sertifikatiga ega Samsung Knox Vault tizimi bilan ishonchli himoyalangan, shuningdek, u OSni 6 avlodgacha va xavfsizlik tizimini 6 yilgacha yangilash bilan ta’minlanadi.
-
A. Galaxy A57 5G “Aylana chizib qidirish”, “Transkripsiya yordami”, “Obyektlarni o‘chirish”, “Tahrir taklifi”, “Filtrlar”, “Auto Trim” va “Best Face” kabi intellektual funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
-
A. Galaxy A57 5G yangilangan asosiy kameralar tizimi bilan jihozlangan: optik barqarorlashtirishga (OIS) ega 50 MP keng burchakli kamera, 12 MP o‘ta keng burchakli kamera va 5 MP makrokamera. Keng burchakli kamera ilg‘or Tungi Video Rejimi uchun yaxshilangan ISP'ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu qorong‘i sharoitda ko‘proq yorug‘likni ushlab, yanada yorqin videolarni ta’minlaydi. Old kameradagi 12 MP Super HDR ko‘magi tufayli selfi-videolaringiz yaxshilangan rang uzatish va kontrast bilan yanada to‘yingan chiqadi. * Natijalar suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyektlarning mavjudligi, fokusning yo‘qolishi yoki harakatga qarab farq qilishi mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G oldingi modelga nisbatan yanada ingichka korpusga ega bo‘ldi – qalinligi atigi 6,9 mm, bu esa smartfonni nafis va bir qo‘lda foydalanish uchun qulay qiladi. 6,7 duymli FHD+ Super AMOLED Plus displeyi atrofidagi ramkalar qisqartirilib, vizual jarayonga yanada ko‘proq sho‘ng‘ishni ta’minlaydi. * Ranglar va modellarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G odatiy foydalanish holatida quvvatlamasdan 2 kungacha ishlashni ta’minlaydigan 5 000 mA·soat (odatiy qiymat) sig‘imli akkumulyatorga ega. Tez quvvatlash uchun Super Fast Charging 2.0 texnologiyasi ishlatiladi – atigi 30 daqiqada 60% gacha quvvatlanadi. * Akkumulyatorning haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sharoitlari, foydalanilayotgan funksiya va ilovalar, qo‘ng‘iroq hamda xabarlar chastotasi, quvvatlash sikllari soni hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Baholash UX Connect Research tomonidan tuzilgan o‘rtacha foydalanish profiliga asoslangan. Mustaqil sinovlar UX Connect Research tomonidan 08.01.2026 dan 18.01.2026 gacha Buyuk Britaniyada SM-A576 seriyadan oldingi qurilmalarida LTE va 5G Sub6 tarmoqlari orqali standart sozlamalarda o‘tkazilgan. 5G mmWave tarmog‘ida sinov o‘tkazilmagan.
-
A. Galaxy A57 5G kontent tomosha qilish, o‘yin o‘ynash yoki ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishda jarayonga to‘liq sho‘ng‘ish effektini ta’minlovchi o‘ta ingichka ramkali 6,7 duymli FHD+ Super AMOLED Plus displeyi bilan jihozlangan. Vision Booster texnologiyasi tufayli tasvir turli yorug‘lik sharoitlarida ham yorqin va aniq saqlanadi. * 5G tarmog‘iga barqaror ulanish talab qilinadi. 5G tarmog‘ining mavjudligi va haqiqiy tezlik mamlakat, hudud, operator hamda foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. * Displey ko‘k nurning zararli ta’sirini kamaytirish xususiyati uchun SGS tomonidan Eye Care sertifikatiga ega bo‘lgan. * Ekran diagonali to‘liq to‘rtburchak o‘lchanganda 6,7” va yaxlitlangan burchaklar hisobga olinganda 6,6” ni tashkil qiladi. Yaxlitlangan burchaklar va kamera uyasi tufayli haqiqiy ko‘rish maydoni kichikroq bo‘ladi.
-
A. Galaxy A57 5G IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan, bu uning suv va chang ta’siriga chidamliligini anglatadi. * Galaxy A57 5G IP68 himoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, qurilma 1,5 metrgacha chuchuk suvga 30 daqiqagacha tushirishga bardosh beradi. Qurilmadan plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va changdan himoya doimiy xususiyat emas hamda tabiiy eskirish oqibatida vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G operatsion tizimni 6 avlodgacha hamda xavfsizlik tizimini 6 yilgacha yangilashni qo‘llab-quvvatlaydi. * Android OS va xavfsizlik tizimi yangilanishlarining mavjudligi hamda chiqish muddatlari qurilma modeli va bozorga qarab farq qilishi mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G uchun kundalik ehtiyojlaringizga mos aksessuarlarni tanlang. Qulaylik uchun silikon, shaffof va karta bo‘lmasiga ega g‘iloflar ayni muddao bo‘lsa, qo‘shimcha himoya uchun mustahkamlangan g‘ilof hamda himoya shishasini tanlashingiz mumkin. Barcha aksessuarlar alohida sotiladi. * Barcha aksessuarlar alohida sotiladi. Aksessuarlar ranglari, modellari va dizaynining mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G to‘plamiga USB-C – USB-C kabeli, SIM-kartani chiqarish uskunasi va qisqacha foydalanuvchi qo‘llanmasi (Quick Start Guide) kiradi.
-
A. Ha, Smart Switch yordamida ma’lumotlarni iOS tizimidan Galaxy A57 5G smartfoniga tez va oson ko‘chirishingiz mumkin. Smart Switch – bu kontaktlar, fotosuratlar, videolar, qaydlar, taqvimdagi voqealar va boshqalarni yo‘qotishsiz uzatishni osonlashtiradigan vositadir. Yangi Galaxy A57 5G smartfonini eski qurilmangizga sim orqali yoki Smart Switch ilovasi yordamida simsiz ulashingiz mumkin. * Smart Switch haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Samsung.com saytidagi xizmat sahifasiga kiring. * Android™ qurilmalaridan simli uzatish qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilma uchun Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiyasini talab qiladi. Shuningdek, uzatishni simsiz ulanish orqali ham amalga oshirish mumkin. Simsiz uzatish uchun ikkala qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi talab qilinadi. * iOS dan simli uzatish qabul qiluvchi qurilma uchun Android™ 4.3 yoki undan keyingi versiyasini, yuboruvchi qurilma uchun esa iOS 5 yoki undan keyingi versiyasini talab etadi. Uzatishni simsiz ulanish yoki iCloud orqali ham amalga oshirish mumkin. Simsiz uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasi hamda yuboruvchi qurilmada iOS 12 yoki undan keyingi versiyasi talab qilinadi. iCloud orqali uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan keyingi versiyasini hamda yuboruvchi qurilmada iOS 5 yoki undan keyingi versiyasini talab qiladi. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasining “Sozlamalar” bo‘limida Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki Galaxy Store do‘konidan yuklab oling. Simsiz uzatish uchun iPhone yoki iPad qurilmasiga App Store orqali iOS uchun Smart Switch ilovasini yuklab oling. Uzatish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, kontent hamda ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin. Kontaktlar, galereya, video, taqvim va eslatmalarni iOS qurilmasidan simsiz ulanish orqali uzatish mumkin.
-
A. Galaxy A57 5G uchta zamonaviy rangda taqdim etiladi: to‘q ko‘k, kulrang va och binafsharang. * Ranglar va modellarning mavjudligi mamlakat, hudud yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin.